333

Afg‘oniston: ayollar huquqlariga e’tibor ortmoqda

Afg‘onistonning janubi-sharqiy Paktiya viloyatidagi ayollar meros, ta’lim olish va turmush o‘rtoq tanlash huquqidan mahrum bo‘lib qolishganini aytib, shikoyat qilganliklari yuzasidan bir qator islom ulamolari viloyatdagi ayollar bilan uchrashdi, deya xabar berilmoqda Afg‘onistonning “Pajhwok Afghan” axborot agentligi saytida.

Ulamolar viloyat markazi Gardez shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda nutq so‘zlab, ayollar va qizlarga ta’lim olish, mulkni meros qilib olish va umr yo‘ldoshini tanlash huquqini berish kerakligini ta’kidladi.

Islomshunos olim Shir Rahmonning aytishicha, meros, ta’lim, umr yo‘ldosh tanlash ayollarning islomiy huquqlari va bu huquqlarni ayollarga berishdan bosh tortgan har bir kishi katta gunoh qilyapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollarga asosan bu huquqlar berilmagan va hatto o‘z huquqlarini so‘raganda ham ularga bosim o‘tkaziladi. Boshqa bir islomshunos olim Qori Fazal Rahmon viloyatning ko‘plab mintaqalarida ta’lim muassasasi yo‘qligini aytib, tegishli hukumat va nodavlat tashkilotlardan bu masalaga e’tibor berishni iltimos qildi.

– Biz uchun qizlar ta’limi juda muhim, – deydi islomshunos olim Qori Fazal Rahmon. – O‘g‘il bolalar tuman, viloyat markazlariga borib tahsil olishlari mumkin. Ammo qizlar bunday imkoniyatdan mahrum.

Fuqarolik jamiyati faoli Muska Mangalning ta’kidlashicha, aksariyat erkaklar ayollarga meros berishni o‘z iqtisodiyotini yo‘qotish, deb hisoblaydi. Shu sababli ayollar o‘z huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuyovning oilasi kelinning oilasiga to‘lanadigan katta mahr xarajatlari oqsoqollarning cho‘ntagiga tushadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish