361

Avstraliyaning Melburn shahri musulmonlari keng ko‘lamli ekologiya aksiyasida qatnashdi

Mingdan ziyod musulmon jamoalari yenglarini shimarib, bir nechta bog‘ va favvoralarni chiqindilardan tozalashdi. Bu haqida Stavropol o‘lkasi musulmonlari ma’naviy boshqarmasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

– Yosh musulmonlar uchun siz yashayotgan vatanni sevish va unga xizmat qilish iymonning bir qismi ekanligini anglab etish juda muhimdir, – deydi musulmonlar jamoatining yetakchilaridan biri imom Sayyid Vadud Janud. – Bu har bir musulmonning burchidir. Avvalo, biz avstraliyalikmiz. Va bu mamlakat fuqarosi sifatida qo‘limizdan kelgancha yordam berish vazifamiz hisoblanadi. Aksariyat musulmonlar o‘zini avstraliyalik, deb hisoblamaydi. Biz avvalambor, avstraliyalikligimizni va musulmon ekanligimizni ko‘rsatmoqchimiz.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish