343

Dunyoga ta’sirini ko‘rsatgan to‘qqiz nafar saudiyalik ayol

Saudiya Arabistoni mamlakatdagi ayol tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar berilmoqda emirateswoman jurnalining rasmiy saytida. Mazkur ayollar nafaqat mamlakat, balki dunyoda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Emirates Woman jurnali qirollikda muvaffaqiyat hamda mashhurlikka erishgan, yillar davomida mavjud stereotiplarni buzib, boshqa ayollarga ilhom manbai bo‘lib kelayotgan ayollar ro‘yxatini tuzdi.

Ro‘yxatdan malika Lamiya Bint Majid, malika Rima Bint Bandar Al-Saud kabi Saudiya Arabistoni Qirolligining taniqli ayollari o‘rin olgan bo‘lib, ular mintaqadagi ayollarni doimiy ravishda himoya qiladi. Eslatib o‘tamiz, malika Rima 2017-yildan beri Saudiya Arabistoni Olimpiya qo‘mitasi va 2018-yildan Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi sport bo‘yicha komissiyasining a’zosi hisoblanadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish