353

Misrda robot texnologiyalar rivojlanmoqda

26 yoshli misrlik muhandis olim Mahmud al-Komi “Sira – 3” nomli robot yaratdi, deb xabar bermoqda www.arabnews.com sayti.

Ahamiyatlisi shundaki, mazkur robot masofadan boshqariladi. Robot insonlar o‘rtasida viruslar tarqalishini oldini olishga xizmat qilib, ixtiro koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlardan test olish, ulardan boshqalarga yuqish xavfini kamaytirish kabi maqsadlarda foydalanishda juda qulay.

– Men bemorni qo‘rqmasligi uchun robotni odamga o‘xshash tarzda yaratishga harakat qildim, – deydi ixtirochi Mahmud al-Komi. – Bu yangilikka bemorlardan ijobiy javob bo‘ldi. Ular robot bilan hamsuhbat bo‘lib, undan qo‘rqishmadi. Aksincha, unga ko‘proq ishonch bildirishdi.

Robot sinovdan o‘tkazilayotgan xususiy shifoxona rahbari Abu Bakr al-Mihining ta’kidlashicha, ular robotdan COVID-19 kasalligiga shubha qilingan odamning haroratini o‘lchash uchun foydalanmoqda.

Inson qiyofasida yaratilgan ushbu robot qon tahlilini qiladi. Exokordiogramma, rentgen tekshiruvlarini amalga oshiradi hamda tekshiruv natijalarini o‘zida joylashtirilgan ekranda ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish