343

Nepalda qizlarning ta’lim olishiga yordam berilmoqda

Nepalda nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlarning maktabga qamrab olishni ko‘paytirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishildi, deb xabar bermoqda borgenmagazine.com sayti.

Darhaqiqat, hozirda boshlang‘ich maktablarga boradigan o‘g‘il-qizlarning safi ortdi. Biroq mamlakatda qizlarning erkaklarga nisbatan mavqei hamon past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Ko‘pgina qizlar o‘rta maktabni bitirolmaydi. Ular ijtimoiy bosim tufayli turmushga chiqadi yoki arzon ishchi kuchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Nepalda qizlarning 40 foizi 18 yoshga to‘lgunga qadar turmushga chiqadi. Garchi hukumat nikohni 20 yoshdan belgilangan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda ularning ijrosi bajarilmayapti.

Voluntary Service Overseas xalqaro tashkiloti Nepalda qizlarning ta’lim olishi uchun “Opa-singillar” dasturini yaratdi. Ushbu dastur jamoatchilik darajasida ishlaydi. Katta opa-singillar kichkina opa-singillar uchun maslahatchi, xushchaqchaq va o‘qituvchi bo‘lib xizmat qilishadi, ularga bilimlarini oshirish uchun maslahat va manbalar berishadi. Bundan tashqari, qizlarning maktabga borishi va uy vazifalarini bajarish uchun yetarli vaqt bo‘lishining muhimligiga ishontirish uchun ishlaydi. Hozirda ushbu dastur orqali mamlakatdagi 10 ming nafar qiz bilan aloqa o‘rnatildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish