344

Millatlararo hamjihatlikning muhim omili

Musulmon jamiyatlarida tinchlikni targ‘ib qilish forumi prezidenti va Birlashgan Arab Amirliklarining Fatvolar kengashi raisi Shayx Abdulloh bin Bayaning ta’kidlashicha, insonlarning millatlar o‘rtasidagi yaqinlashishiga ishonishi, ularni qadrlashi tushunmovchiliklar va nizolarga barham beradi. Bu haqida Emirates News Agency sayti xabar bermoqda. Manbada qayd etilishicha, u bu haqida Leymana instituti tomonidan o‘tkazilgan “Musulmon jamoalarida tinchlikni o‘rnatishdagi Ibrohim oilasining roli”, deb nomlangan onlayn konferensiyadagi ishtiroki paytida ma’lum qildi.

– Barcha xalqlarda bir-biriga juda ko‘p o‘xshashliklari bor. Bu  insoniyatning payg‘ambarlari ilgari surgan qadr-qimmat, rahm-shafqatda mujassam, – deydi Abdulloh bin Baya.

Uning ta’kidlashicha, odamlarni bir-biriga bog‘lab turadigan umumiy omillar, nafaqat islom, barcha dinlar, xususan, Ibrohim dinlari uchun umumiy omillar bo‘lgan. Din, hayot, aql, mulk va oilani beshta muhim narsa, deb ataydigan elementlarni targ‘ib qilish orqali inson qadr-qimmatini himoya qilishi mumkin.

– Islomda biz barcha dinlarni hurmat qilamiz va boshqa dinlar va sivilizatsiyalarning insoniyat uchun axloqiy qadriyatlarni yaratishda qo‘shgan hissasini inkor etmaymiz, – deydi Abdulloh bin Baya. – Diniy odob-axloq hali ham dunyoni o‘zining muammolaridan, masalan, COVID-19 inqirozidan xalos etishga yo‘naltirishga qodir.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish