367

BAA 2021-yilda gender tenglik bo‘yicha ulkan islohotlar qilmoqchi

Birlashgan Arab Amirliklari 2021-yilda gender tengligi bo‘yicha 25 ta eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan mamlakatlar qatoriga kirishni maqsad qilgan, deb xabar bermoqda gulfnews.com sayti.

Unda qayd etilishicha, Amirliklar vitse-prezidenti, Bosh vaziri va Dubay amiri Shayx Muhammad bir Roshid al-Maktum so‘zlariga ko‘ra, BAA gender tengligi kengashi oldiga Amirlikni 2021 yilda gender tengligi bo‘yicha 25 ta eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan mamlakatlar qatoriga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2020 yilda BAA bu ko‘rsatkich bo‘yicha Arab dunyosida 1-o‘rinni, BMT taraqqiyot dasturi Gender notengligi indeksida esa 18-o‘rinni egallagan.

Dubay amiri mazkur natija bilan millat onasi, Fotima bint Muborakni tabrikladi. BAA gender tengligi kengashi a’zolariga amirlikdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish