393

Pandemiya sharoitida Misrda ud musiqasiga bo‘lgan e’tibor kuchaymoqda

Misr musiqa maktabida dars boshlanishini kutish davomida Maissara Muhammad mahorat bilan ud sozini chaladi, deb xabar bermoqda africanews.com sayti.

Mazkur musiqa asbobining tinchlantiruvchi yoqimli ohangi odamlarga koronavirus pandemiyasi davridagi turli ko‘ngilsiz voqealarni unutishga yordam bermoqda.

Ud O‘rta Sharqdagi eng qadimiy torli musiqa asbobi hisoblanadi. Arab musiqasida eng muhim o‘ringa ega. Uning sozlanishi va navosi maqomat deb nomlanuvchi Sharqona murakkab ohanglar tizimiga asoslangan. Bu cholg‘u asbobi XIX asrning oxirlaridan beri mashhur bo‘la boshlagan.

Muhammad Maissara sentyabr oyida Sudanning Xartum shahridan Gizadagi Kipa musiqa maktabiga ud chalishni o‘rganish uchun kelgan.

– Ud qalbingda bor so‘zlarni tarjima qila oladigan o‘z tuyg‘usiga ega bo‘lgan cholg‘u asbobidir, – deydi Muhammad Maissara. – Talabalar gitara, skripka va yana ko‘plab cholg‘u asboblarini chala olishadi, ammo ud ular orasida eng mashhuridir.

Sudandagi karantin davri Muhammadga yanada ko‘proq mashq qilishga imkoniyat yaratdi. Pandemiyaga qaramay, Kipa musiqa maktab asoschisi Romani Armisning tashabbusi bilan muassasa ko‘plab musiqa shaydolarini jalb qila oldi.

– Darslar onlayn tarzda ham tashkillashtiriladi, maktabdagi guruh bo‘lib o‘tiladigan darslarda har bir xona uchun ikkitadan o‘quvchi belgilangan, – deydi Romani Armis.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish