351

Saudiya Arabistoni ikkita musiqa institutiga litsenziya beradi

Gulfnews.com sayti bergan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri shahzoda Badr bin Abdulloh bin Farxon shunday qarorga kelgan.

– Men Qirollikning ikkita musiqa instituti uchun birinchi litsenziya berilganligini e’lon qilaman, – deydi Badr bin Abdulloh bin Farxon.

Shahzoda Farxon saudiyaliklarga platforma orqali murojaat qilishga chaqirdi. Ushbu platforma madaniy va badiiy o‘qitishdan tashqari, madaniyat va san’at sohasidagi shaxslarga rasmiy ravishda litsenziyalar olish imkoniyatini beradi. Litsenziyalar teatr, musiqa, adabiyot, nashriyot, tarjima va muzeylarni o‘z ichiga olgan turli badiiy va madaniy sohalarni qamrab oladi.

Bu Saudiya iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, madaniy va badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun madaniyat va san’at sohalarida ixtisoslashtirilgan o‘quv institutlarini tashkil etish loyihasining muhim qismi hisoblanadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish