363

Rep qo‘shiqchisi bo‘lishni orzu qilgan Jara

Bu haqida arabnews.com sayti xabar bermoqda. Qo‘shiqchi atigi 2 yil musiqa bilan shug‘ullanishiga qaramay, juda tez mashhurlikka erishdi. U Saudiya Arabistoni milliy kunida o‘zining “966” qo‘shig‘ini yaratdi. Mazkur qo‘shiq unga katta shov-shuv va omad olib keldi. Uning musiqa bilan shug‘ullanish haqidagi qarori bir necha yil oldin Shvesiyaga ko‘chib o‘tgandan keyin paydo bo‘lgan. Lekin shunday bo‘lsada, tinimsiz ijod bilan shug‘ullandi. Yangi qo‘shiqlarini yaratdi.

– Men Shvesiyaga xalqaro munosabatlar va psixologiyani o‘rganish uchun jo‘nab ketganimda atigi 17 yoshda edim, – deydi Jara. – Ko‘pincha yolg‘iz qolardim. Yolg‘izlikda she’rlar yozish mening yagona qiziqishim edi. Men doim yozar edim. Keyinchalik men o‘z yozmalarimni kuyga sola boshladim. Turli xil madaniyatlarga va turli xil odamlarga duch kelganim menga musiqa yozishimda juda katta yordam berdi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish