270

Yot g‘oyalarga nisbatan mediasavodxonlikni oshirish – davr talabi

Hozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish borasidagi salohiyati davlatning mediasavodxonlik darajasini belgilab beradi. Odamlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash va axborotlashtirish shaxsning axborot madaniyatini shakllantirishdagi muhim qadam hisoblanadi. 

Umuman olganda, media va axborot savodxonligi bu turli shakllardagi shaxs ijodiy faoliyati bo‘lib, barcha zarur vositalardan foydalangan holatda axborot va media jarayonlaridan samarali foydalana olish, tahlil qilish, ma’lumotlarni tanqidiy baholay olish jarayoni hisoblanadi. Qolaversa, axborotni yig‘ish va turli qarshiliklarsiz tarqata olish amaliyotlari majmui ham kiradi. Turli axboriy urushlarning global dunyosida ma’lumotlarning to‘g‘ri talqin qilinishi, axborotni tanlash to‘g‘ri baholay olish kompetensiyasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Xo‘sh media savodxonlik tushunchasi nima? Uning ahamiyati qay darajada ekanligini ko‘rib chiqamiz. 

Harbiy maqsadda kashf qilingan internet axborot ochimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida tarmoq orqali turli yolg‘on ma’lumotlar, dezinformatsiya va feyk axborotlarning tarqalishiga zamin yaratib bermoqda. Shu o‘rinda mazkur media axborot makonida sifatli kontentni tanlay bilish, yetarli darajadagi axborot immunitetini hosil qilish zarurati oshib bormoqda. Ingliz tilidagi turli lug‘at va adabiyotlarda “Axborot savodxonligi” atamasi keng tushuntirilgani va bot-bot murojaat qilinganini uchratish mumkin. Zamonaviy jamiyatning aholi va har bir shaxsning savodxonligiga bo‘lgan talablari ijtimoiy-madaniy va ilmiy texnikaviy o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar turlarining paydo bo‘lishi bilan ortib bormoqda. Jamiyat rivojining sanoatgacha bo‘lgan davrida savodxonlik og‘zaki nutq, o‘qish eng oddiy hisoblash operatsiyalari ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan bog‘liq edi. Juda ko‘p media sohasidagi tushunchalarga nisbatan eng keng tarqalgan nuqtayi nazar bu axborot savodxonligi (madaniyat) va media savodxonlik o‘rtasidagi munosabat hisoblanadi.   

Quyida berilgan shartlar mediasavodxonlikni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi:

– Huquqiy demokratik jamiyatining to‘laqonli a’zosi sifatida amalsha oshirilayotgan islohotlar va strategiyalarning mazmunini tushunish;

– turli ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan axborotlarni tahlillay olish;

– internet tarmog‘idagi onlayn saytlar, ijtimoiy tarmoqlar axborotini saralay olish;

– provakatsion axborotlar orqali amalga oshishi mumkin bo‘lgan tashviqot manbalariga nisbatan to‘g‘ri qarar qabul qila olish;

– insonlar vizual obrazlar ta’sirida salbiy yoki ijobiy manbalarga nisbatan axboriy immunitetga egalik;

– turli OAV orqali taqdim qilingan axborotlarni kommunikatsion mohiyatini tahlil etish bilimlar majmuini nazarda tutadi. 

Taqdim qilinayotgan turli axborot qayerdan kim tomonidan qanday maqsadlarda taqdim qilinmoqda; kimning maqsadlari va manfaatlarini o‘zida aks ettirmoqda degan bahsli holatlarga javob topa olish muhim o‘rin tutadi. 

Fanda “axborot urushi” degan atama ilk marotaba 1967-yilda Allen Dalles tomonidan qo‘llanilgan. Media markazlari tomonidan amalga oshiriladigan axborot xurujlari xalqda turli guruhlarning shakllanishi, jamiyatdagi ichki salbiy axborot bosimlarining ortishiga olib keladi. Ushbu ijtimoiy haqiqat va nazariy kriteriyalarga asoslanib jamoatchilikda mediasavodxonlik masalalarini yaxshilash borasida kerakli profilaktik ma’lumotlar filtirini ishlab chiqish yoki media axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantirishni nazarda tutadi. 

Yuqorida nomi qayd etilgan axborot hujumlarining asosiy maqsadi raqobatchi davlatning axborot makonini egallash, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini shakllantirish, jamiyatni beqarorlashtirish, jamiyatdagi shaxs fenomenini obro‘sizlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar hisoblanadi. 

Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonida media axborotlarga nisbatan savodxonlik masalasi har tomonlama qabul qilish, turli rakursdan baholay olish tushunchasi ustuvorlik qiladi. 

Madina NURUTDINOVA,

Oֹ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
03
Jaholatga qarshi marifat
Fatvo haqida
19:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish