378

O‘monda bitiruvchilar uchun foydali ta’lim dasturi ishga tushirildi

O‘mon Sultonligidagi Nizva banki, O‘mon Mehnat va Ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda 1000 nafardan ortiq bitiruvchilar uchun foydali ta’lim dasturini ishga tushirdi.

Bu to‘g‘risida timesofoman.com sayti ma’lumot beryapti. Unda keltirilishicha, dastur Sultonlikdagi yuqori malakali mahalliy ishchi kuchi orqali ta’lim sohasi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Dastur davlat-xususiy sheriklik doirasida bo‘lib, u “Oman 2040 Vision” maqsadlariga xizmat qiladi.

Nizva bankining Bosh ijrochi direktori Xolid Al-Kaidning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim butun dunyo bo‘ylab jamiyatlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekanligini va bu sohada o‘qituvchilarning malakasini eng yuqori darajaga olib chiqish orqali samaradorlikka erishish mumkin.

Dastur mamlakatdagi ta’lim sohasi talablariga muvofiq, 12 ta mutaxassislik bo‘yicha bitiruvchilarga foyda keltiradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish