350

Uch nafar Yaqin Sharq mintaqasida yashovchi fotograf Canon elchisi dasturi uchun tanlab olindi

Bu haqida arabnews.com sayti ma’lumot tarqatmoqda. Yaponiyaning Canon korporatsiyasi o‘zining navbatdagi Canon elchisi dasturi doirasida 3 nafar yaqin sharq mintaqasida yashovchi fotografni tanlab oldi. Mazkur dastur Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadan dunyoning eng yaxshi foto va video mutaxassislarini birlashtiradi.

Ushbu loyiha 2008-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har yili eng yaxshi foto va video materiallarni tanlab oladi. Tasnim al-Sultan mazkur dasturda g‘olib bo‘lgan ilk arab ayoli bo‘ldi. U podshohlikdagi rivojlanishni foto tasvirlarda ko‘rsatuvchi fotograf sifatida mashhur sanaladi. Jorj Ferrari esa sport fotografi hisoblanib, bir qator xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Muhammad Muheysin ham dunyoning mashhur fotograflaridan biri bo‘lib, bir nechta nufuzli mukofotlar sohibi hisoblanadi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish