383

Fitriya ayollarni sport bilan shug‘ullanishga ilhomlantirmoqda

10 yoshida Efiopiyadan AQSHga kelgan Fitriya Muhammad o‘qituvchisi tufayli basketbolni yoqtirib qoldi, deb xabar bermoqda islam.ru sayti.

– Menga omad kulib boqdi, maktabda murabbiylarimiz basketbol o‘ynamagan qizlarni o‘yinda o‘zini sinab ko‘rishga undashdi, – deydi Fitriya Muhammad. – Men ularning ko‘magisiz hech qachon o‘zimni sportda sinab ko‘rishga jur’at etmagan bo‘lardim.

Fitriya Muhammad murabbiysi Greg Bromanga o‘zi haqidagi tushunchasini o‘zgartirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U o‘zi murabbiy bo‘lgan barcha sport turlari bilan shug‘ullangan. Qiz maktabni tugatgach, “Yilning eng yaxshi sportchisi” bo‘ldi. 2015-yilda musulmon ayol Broca universitetida sport menejmenti bo‘yicha o‘qishni boshladi. 2019-yilda esa Fitriya musulmon ayollari o‘zlarining sportdagi faoliyatlarini boshlashlari uchun yordam berishga qaror qildi. Buning uchun u Musulmon ayollar basketbol ligasini tashkil etdi. Fitriyada musulmon ayollarga turli xil sport turlari bilan shug‘ullanish va muvaffaqiyatga erishishda yordam berish bo‘yicha ko‘plab rejalar mavjud.

Nufuzli Sunday Times gazetasi esa Fitriya Muhammadni 2020-yilning “Eng yaxshi sport menejeri”, deb topdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish