385

Saudiya Arabistonida gender va irqiy diskriminatsiya taqiqlandi

gulfnews.com sayti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi inson resurslari sohasida olib borilayotgan yangi islohotlar natijasida, podshohlikning Inson resurslari va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi ish beruvchilar tomonidan ishchining kelib chiqishi, rangi, jinsi, yoshi, nogironligi, ijtimoiy holati kabi farqlari bois diskriminatsiya taqiqlandi.

Yangi kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan xodimga  qulay ish sharoitlarini va ish joyidan yashash manziligacha qulay transportdan foydalanish imkoniyatini yaratishi zarur.

Shuningdek, xodimlar turli ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb qilinmasligi nazoratga olinishi shart.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish