497

Yaponiyada “aqlli shaharlar” barpo etilmoqda

Bu haqida www.euronews.com ma’lumot bermoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, Yaponiyada insonlar uchun mo‘ljallangan yangi turdagi aqlli jamiyatni yaratish rejalari mavjud. Ular buni “Jamiyat 5.0” deb atashmoqda. Aizuvakamatsu va Arao shaharlari mavjud muammolarni hal qilish va odamlarning turmush farovonligini oshirish uchun eng yangi texnologiyalarni o‘zlashtirgan ikkita shahar hisoblanadi.

Aizuvakamatsu Fukusima prefekturasidagi tarixiy shahar sanaladi. Bu yerda 118 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va hozirda bu texnologiyalar asosida ijtimoiy rivojlanishning sinov maydoniga aylandi. Shaharning innovatsion markazida “Aqlli shahar platformasi” loyihasini ishlab chiqmoqda.

Arao shahrida 52 ming aholi istiqomat qiladi. U yerda Yaponiyaning eng yirik Mayike ko‘mir konining bir qismi bo‘lgan va UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq 1990-yillarning oxirida chuqurlik ko‘mib yuborilganidan so‘ng shahar aholisi sezilarli darajada kamayib ketdi. So‘nggi yillarda minglab aholi tark etdi va ko‘chish tezlashmoqda. Qayta tiklash uchun esa Arao shahri raqamli tizimga o‘tmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish