117

Akademiya o‘qituvchisi “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi Saidafzal Saidjalolov “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi uchrashuvda ma’ruza qildi.

Toshkent shahridagi Adju universitetida tashkil etilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida Saidafzal Saidjalolov XXI asr – globallashuv jarayonida yoshlarimizning internet va ijtimoiy tarmoq vositalar orqali axborot va ma’lumotlar olayotgani, bu jarayonda ba’zi bir aqidaparast oqimlar yoshlarga mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinayotgani hamda ularning oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish