
Akademiya o‘qituvchilari Rim shahridagi xalqaro konferensiyada qatnashdi
Italiyaning Rim shahrida “Turli diniy an’analardan Fratelli Tuttiga javoblar” mavzusida IX xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchilari Mohira Abdullayeva va Laziza Alidjanova ishtirok etdi.

“Bioetika, multikulturalizm va din” loyihasi doirasida tashkil etilgan xalqaro konferensiya Rimning “Universita Europea di Roma” va “Ateneo Pontificio Regina Apostolorum” universitetlarida tashkil etilgan UNESCOning Bioetika va inson huquqlari bo‘yicha kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.
Shu kunga qadar, loyiha doirasida Quddus (2009), Rim (2011), Gonkong (2013), Meksika (2014), Xyuston (2016), Rim (2018), Kasablanka (2019), Bangkok (2022) va Rim (2023) shaharlarida “Bioetika, multikulturalizm va din” mavzusida 9 ta xalqaro konferensiya va seminar o‘tkazilgan.
Ushbu ilmiy konferensiyalar buddaviylik, nasroniylik, konfutsiylik, hinduiylik, islom, yahudiylik kabi jahon dinlari doirasida kelgan bioetika bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida global etika bo‘yicha yaqinlashuv va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.


Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
Izoh qoldirish
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Fakultetlar
- Kafedralar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- BIZNING BITIRUVCHILAR
- Qabul jadvali

Izohlar