155

Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari

Ayni paytda poytaxtimizda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada yurtimiz hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Jumladan, mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda magistrlari ham qatnashmoqda.

Konferensiyaning birinchi kunida – jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.

Konferensiya o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

Izoh qoldirish