1

Huquqiy taʼlim va tarbiya böyiça yangi uslubiy qöllanma elektron kutubxonada

Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan “Taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyani ilğor pedagogik yondaşuvlar asosida taşkil etiş” nomli uslubiy qöllanma işlab çiqildi. Qöllanma Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi” ijrosi doirasida Toşkent davlat yuridik universiteti va Kasbiy taʼlimni rivojlantiriş instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Qöllanmada quyidagilar berilgan:
– huquqiy taʼlimning normativ-huquqiy asoslari;
– maktabdan oliy taʼlimgaça bölgan uzluksizlik tamoyili;
– ilğor pedagogik usullar: keys-stadi, öquv sudi, debat, rolli öyin, mediatsiya va yuridik klinika;
– tayyor dars işlanmalari va keyslar banki;
– samaradorlikni baholaş tartibi.

Oliy taʼlim taşkilotlari uçun talaba huquqlari, akademik xolislik va sunʼiy intellektdan halol foydalaniş böyiça alohida tavsiyalar ham kiritilgan.
Professor-öqituvçilar, tyutorlar va talabalar qöllanma (42 bet) bilan Akademiyaning elektron kutubxonasida tanişişlari mumkin.

Yuklab oliş uçun

Izoh qoldirish