125

Akademiya professor-o‘qituvchilari targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishmoqda

Bugungi globallashuv davrida ertamiz egalari boʻlgan yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan barkamol voyaga yetkazish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har qachongidan-da dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, jahonda sodir boʻlayotgan turli axboriy xurujlar, talotoʻplar taʼsirida bu yanada muhim vazifa sanaladi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” shiori ostida poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi bir qator mahallalarida targʻibot tadbirlarini olib bormoqda.

Jumladan, Yashnobod tumanidagi “Nodira”, “Shohimardon”, “Behizor”, “Yangiqoʻrgʻon”, “Bunyodkor”, “Birlashgan”, “Yangi davr” mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda 152-, 153-, 155-, 161-umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, professor Ilhomjon Bekmirzayev, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESKO” kafedrasi dotsenti Ramzjon Isoqjonov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Xoʻjamgeldi Alimov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yorqin Shukurov hamda tyutor Javohirxon Sobirov oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Suhbat davomida mahallaning nuroniy, obroʻ-eʼtiborli, namunali insonlari yordamida yoshlarimiz ongiga shukronalik tuygʻusini singdirish, radikalizm va ekstremizm gʻoyalariga berilib ketishlarini oldini olish, tinchlikni qadrlash masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.

Tadbir davomida dunyodagi ayrim notinch davlatlarda sodir boʻlayotgan xunrezliklar, tinchlikni qadrlash, “jaholatga maʼrifat bilan kurashish” kerakligi taʼkidlandi.

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish