70

Akademiya talabalari “Siyosat maydoni” tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida taʼlim muasassalaridagi siyosat bilimdonlari oʻrtasida “Siyosat maydoni” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Yosh siyosatchilarning yangi avlodini tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari qatnashdi.

Bir necha bosqich davom etgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Shuningdek, Akademiya jamoasining ishtirokchisi boʻlmish Zikir Muhammadjonov “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Fursatdan foydalanib, Akademiya jamoasi talabalarning mazkur yutug‘i bilan chin dildan muborakbod etadi. Ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Izoh qoldirish