127

Ilmiy ish munosib himoya qilindi

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori ilm-fan sohasiga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish borasida tizimli ishlar bajarilyapti. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar safi kengaymoqda. Ilmiy ishlar himoyalarini o‘tkazish esa muntazamlik kasb etayotir. 

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi Bobomurod Rustamovning “Mustaqil O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot ishining “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy ta’lim rivojlanishi tadqiqining nazariy konseptual asoslari”, deb nomlangan bobi “O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanishi”, “Diniy ta’lim rivojini tadqiq etishdagi nazariyalar va uslublar”, deb nomlagan paragraflardan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanishi va diniy ta’lim rivojini tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari ilmiy tahlil qilingan

“XX asr oxiri – XXI asr boshida respublikada diny ta’lim muassasalari faoliyati”, deb nomlangan ikkinchi bobi “Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar tadriji” hamda “Islom bilim yurtlari o‘quv jarayonida dunyoviylik va diniylik uyg‘unligi” nomli ikki paragrafdan iborat.

“Yangi O‘zbekistonda diniy ta’lim sohasining rivojlanish xususiyatlari” nomli uchinchi bobida “Diniy ta’lim muassasalarida ta’lim shakllaridagi o‘zgarishlar dinamikasi”m zamonaviy davrdagi diniy ta’lim tizimi rivojining konseptual masalalari, oliy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim shakllaridagi o‘zgarishlar dinamikasi va “Ta’lim dargohlaridagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etishdagi yondashuvlar tahlili” masalasini yoritishda, diniy soha vakillarining o‘rni orqali ochib berilgan.

Qizg‘in bahs-munozaralar ostida o‘tgan dissertatsiya himoyasida so‘zga chiqqan ekspertlar tadqiqotchi ilmiy ishini chuqur ilmiy darajada o‘rganganini qayd etishdi. Aniq faktlarga tayanilgan ma’lumotlar mavzular ko‘lamini yanada ochib berilgani ta’kidlandi.

Yakunda Bobomurod Rustamovningilmiy ishi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun munosib ekani bir ovozdan ma’qullandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish