119

Vatan himoyasi – muqaddas burch

14-yanvar – mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, yorug‘ istiqboli yo‘lida matonat va g‘urur bilan mehnat qilayotgan har bir yurtdoshimiz uchun ulug‘ bayram, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Akademiya rektori tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida bugungi kunda yurtimizda harbiy sohaga berilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, milliy armiyamizni modernizatsiyalash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy va intellektual tayyorgarligini oshirish bilan bir qatorda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun ajoyib sharoitlar yaratib berilmoqda. Mazkur islohotlar natijasida milliy armiyamiz Vatanimiz chegaralari daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligining ishonchli kafolati bo‘lishi bilan birga, yosh avlod uchun mardlik, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, Vatanimizga sevgi va sadoqat hislarini tarbiyalaydigan hayot maktabiga aylandi. 

Bayram tadbirida talabalar ijrosida “Askar maktubi” monologi, “Olg‘a askar”, “Leytenant”, “Vatanim meni” qo‘shiqlari ijro etildi. Harbiy orkestr chiqishi esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Vatan, yurt himoyasi tarannum etilgan she’rlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish