56

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

      O‘zXIAning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risda

 

Hammamizga ma’lumki, oxirgi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davr talabiga aylanib, mamlakatimiz ichki siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarni tizimli ravishda olib borish va tartibga solish maqsadida, davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan sohaga oid bir nechta normativ xujjatlar qabul qilindi. 

Jumladan, 2016-yil 13-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi”Qonuni, 2020-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagiPF-5927 sonli Farmoni, hamda 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish  faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar rejalari” belgilangan PQ-5177 sonli Qarorlarini ko‘rsatib o‘tish joiz bo‘ladi. 

Mazkur normativ xujjatlar ijrosini ta’minlash, ularni nazorat qilish, sohada tizimli davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi” tashkil etildi. 

Bundan tashqari, jamiyatimizdagi barcha strategik hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlari tashkil etildi. 

Akademiyamizda ham  2021-yil 3-iyulda “Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi” tashkil etilgan. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari etib, “qonuniylik”, “ochiqlik va shaffoflik”, “tizimlilik”,  “javobgarlikni muqarrarligi” kabi mezonlar belgilangan. 

 

Bo‘limga Akademiyani “Korrupsiyasiz oliygoh” maqomiga yetkazish maqsadida, barcha yo‘nalishlarda korrupsiyaviy xarakatlarni, hamda korrupsiya holatlariga olib keluvchi “manfaatlar to‘qnashuvi”, “kronizm”, “mahalliychilik”, “nepotizm”, “urug‘-aymoqchilik” kabi illatlarni aniqlash va  oldini olish yuklatilgan.

https://www.iiau.uz/oz/news/2515

https://www.iiau.uz/oz/news/2454

https://www.iiau.uz/oz/news/1841

https://iiau.uz/oz/news/1851 

https://www.iiau.uz/oz/news/2689

https://iiau.uz/oz/news/1895      https://t.me/iiau_official/10495

https://www.iiau.uz/oz/news/2528

 

 

 

Izoh qoldirish