36

Malakaviy hamda pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun bir oy davomida malakaviy hamda pedagogik amaliyotlari bo‘lib o‘tdi. Amaliyot jarayonini talabalar respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tab, o‘z bilim, amaliy ko‘nikma va mahoratlarini oshirdilar.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyoti yakunlariga bag‘ishlangan sarhisob tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati yetakchi mutaxassis psixologi, leytenant Rasulbek Polvonov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar “Psixologiya” yo‘nalishi 2-bosqich (kunduzgi, rus va kechki) guruhlari uchun amaliyot muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlashdi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining Toshkent shahridagi boʻlinmalari va guruhlarida, Toshkent shahridagi “INSIGHT” psixologik markazi, “Grand ta’lim” notijorat tashkiloti va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyot o‘tashdi.

Yakunda amaliyot davrida o‘z bilimi, faolligi va odob-axloqi bilan o‘rnak bo‘lgan bir guruh talabalarga tashakkurnoma topshirildi.

Izoh qoldirish