59

Millat oydinlarini yod etib

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G’ayrat Rasulov hamda Gulnoza Axmadjonova boshchiligida “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” va “Islomshunoslik”  ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi. 

Mashg‘ulot doirasida talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘ldilar.

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda o‘rnatilishi va mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi. Majmua tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.

Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish