10

Diniy tashkilotlarda sayyor darslar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Lazizaxon Alidjanova rahbarligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti O‘zbekistondagi Bibliya jamiyatida sayyor dars sifatida tashkil etildi.

“O‘zbekiston Bibliya jamiyati faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda jamiyat ijrochi direktori Yegor Popov tomonidan jamiyat tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Ma’ruza mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish