11

Talabalar uchun sayyor dars

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun Toshkent shahar sudiga sayyor dars tashkil etildi.

“Jurnalistika huquqi va etikasi” fani doirasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sadoqat Maxsumova boshchiligida o‘tkazilgan sayyor darsga Toshkent shahar sudi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh maslahatchisi Zokirjon Qo‘ziboyev hamrohlik qildi.

Talabalar odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, inson qadri, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Darslarda olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashda bu kabi sayyor dars talabalar uchun manfaatli bo‘ldi.

Umida MURODXONOVA,

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish