1

Ma’rifiy jamiyatning vijdoni erkin, e’tiqodi mustahkam bo‘ladi

Insoniy qadriyatlar va ma’naviy hayot ulug‘lanadigan, vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan jamiyat jadal rivojlanadi. Ya’ni ma’naviy barkamol jamiyatda diniy bag‘rikenglik ustuvor bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan ahillik, birdamlikka xizmat qiladi. Shu ma’noda, yurtimizda xalqni rozi qilishga qaratilgan siyosat zamirida vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. Chunki inson huquqini kafolatlash orqali rivojlanish, Uchinchi Renessansni barpo etishday yuksak marraga erishish oson kechadi. 

Keyingi yillarda yurtimizda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor kuchayib, davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangani kishini quvontiradi. Xususan, Prezidentimizning shu yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sohada islohotlar yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi. Mazkur tarixiy hujjat haqida so‘z borar ekan, sohadagi qator ustuvor jihatlarni e’tirof etish kerak. 

Birinchidan, yurtimizda xilma-xil diniy e’tiqodga ega insonlarning bir zaminda yagona xalq bo‘lib, ezgu g‘oya atrofida hamjihatlikda yashashi bag‘rikenglikning yorqin namunasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”. 

Chuqur o‘ylangan milliy va diniy siyosat tufayli yangi O‘zbekiston bugun dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglikni o‘zida mujassam etgan mamlakat sifatida namuna bo‘lyapti. 

Xusniddin Ahmedov,

siyosiy fanlar doktori, professor

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 2-may, 89-son

Gazetani yuklab olish uchun

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish