28

Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbirda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali yonida tashkil etilgan tadbirda ulug‘ alloma yod etildi. 

Sayil doirasida o‘tkazilgan “Besh muhim tashabbus” festivalida voleybol, shaxmat-shashka sport turlari bilan bir qatorda arqon tortish kabi milliy o‘yinlar ham bo‘lib o‘tdi. Akademiya talabalari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual bellashuvi qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. 

3 ta jamoa ishtirok etgan bahsda “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari jamoasi 1-o‘rinni egalladi.

Izoh qoldirish