-large.jpg)
Talabalar uchun muzeylarga ekskursiya tashkil etildi
1977-yilning 18-may kunidan boshlab dunyoda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanib kelinadi.
18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov tomonidan “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida talabalarga dastlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi — madaniy va tarixiy merosining haqiqiy xazinasi ekanligi, u 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi sharafiga ochilganligi, buyuk sarkarda va hukmdorning merosiga bag‘ishlanganligi haqida ma’lumotlar berildi.
So‘ngra Amir Temur va temuriylar tarixi, davlat boshqaruvi va xalqaro aloqalari, ilm-fanni rivojlantirishdagi jonbozliklari tushuntirib berildi.
Talabalarga muzeydagi eksponatlarning tarixiy ahamiyatini anglatgan holda Amir Temur nafaqat davlat arbobi, balki ilm-fan, sanʼat va madaniyat, hunarmandchilik, maʼnaviyat va maʼrifat homiysi boʻlganligi yana bir bor ta’kidlandi.
Muzey ekspozitsiyasida Amir Temur va uning avlodlarining Yevropa mamlakatlari monarxlari bilan bo‘lgan ko‘plab yozishmalari Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi talabalarida kata qiziqish uyg‘otdi.

-xl.jpg)
-xl.jpg)




Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish