
Talabalar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari katta o‘qituvchi Uktam Jiyanov hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva hamrohligida O‘zmilliybankda bo‘lishdi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida O‘zmilliybank Markaziy amaliyot BXM boshqaruvchisi A.Xolisboyev va dasturga masul xodim M.Ortiqov ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar dastur imkoniyatlari bilan tanishtirildi, shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturining amaliy afzalliklari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.
Davra suhbati yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni kelajakdagi loyihalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.



Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish