
Akademiyada nomli davlat stipendiyalarga imtihon o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida iqtidorli talabalarni nomli davlat stipendiyalariga tavsiya qilish uchun 1-bosqich imtihoni o‘tkazildi.
Unda jami 14 nafar talaba ishtirok etdi.
Dastlabki imtihon “O‘zbekiston tarixi” fanidan og‘zaki tarzda bo‘lib o‘tdi. Har bir ishtirokchi bilet asosida savollarga og‘zaki javob berdi.
Ikkinchi fan imtihoni “Ingliz tili”dan test uslubida o‘tkazildi. Testlar 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir savol 2 ballni tashkil etadi. Test uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.
Uchinchi fan imtihoni “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari”dan kompyuterda test topshirish bilan o‘tkazildi.Test yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.
Yakunda imtihon umumiy bali jamlandi hamda talabalarning barchasi 2-bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
2-bosqichning o‘tkazilish vaqti Akademiya rasmiy telegram tarmog‘i va veb-saytida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish