2

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ijtimoiy tarmoqlarda mutaassiblikni targ‘ib qiluvchi saytlar va guruhlar mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Islomshunoslik fakultetining 1-kurs talabalari uchun o‘tkazilgan tadbirda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekan o’rinbosari Ramziddin Isakjonov va tyutor Umida Xasanova ishtirok etdi.

Davra suhbatida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan turli mutaassib fikrlar, ekstremizmga undovchi chaqiriqlardan ogoh bo‘lish, internetdan foydalanish madaniyati haqida so‘z bordi. 
Ma’ruzachilar tomonidan bu kabi uchrashuvlar yoshlarning turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, talabalarda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish