
Milliy liboslar – millat qiyofasi
Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan atlas-u adraslarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib oʻtgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida soʻzlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targʻib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.
Shu kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida “Xon atlas” oyligi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham o‘tkazildi.
Unda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar atlas-u adrasdan tikilgan milliy liboslarimizda ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir qizlar orasida xon atlas va adrasni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, talaba qizlarning ijodiy va estetik salohiyatini namoyon etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ma’lumki, atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. 2017-yilda esa o‘zbek ipak matolarining to‘qish texnologiyasi UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda yo‘qolib borayotgan an’analarni asrab-avaylash, jumladan, tarixiy matolarni qayta tiklash tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadbir esa bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va to‘qilish usulidadir.
Tabiiy ipakdan tayyorlangan, bugungi til bilan aytganda ekologik jihatdan xavfsiz, kiyganda tana yayraydigan atlasning “Namozshomgul”, “Chaqirim”, “Qora atlas”, “Bargi karam”, “Shaxmat”, “Qora ko‘zim” va boshqa ko‘plab turlari bor.
“Xon atlas” oyligi davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish