2

Ham ma’rifat, ham ziyorat

Ichki turizmni rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Chunki ichki turizm faqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga emas, balki aholi, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va madaniy saviyasini oshirishga beqiyos hissa qo‘shadi. 

Yurtimizdagi tarixiy shaharlar, qadimiy me’moriy yodgorliklar, tabiiy go‘zal maskanlar va zamonaviy turistik infratuzilma ichki sayyohlar uchun keng imkoniyat yaratayotir. Turli hududlarga amalga oshirilayotgan sayohatlar xalqimizga yurt tarixini yanada chuqurroq o‘rganish, milliy qadriyatlar va an’analarimizni yaqindan his qilish, mamlakatimizdagi madaniy rang-baranglik va konfessiyalararo totuvlik muhitini teran anglash imkonini beradi. 

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Konfessiyalararo muloqot klubi”ning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari faol ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Men ham ziyoli bo‘laman” shiori ostida Samarqand viloyatidagi tarixiy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan qator ziyoratgoh va yodgorlik maskanlariga ekskursiya tashkil qilindi. 

Samarqand viloyatidagi ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar doirasida talabalar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurishdi. Ziyorat davomida ular ulug‘ muhaddis Imom Buxoriyning boy ilmiy merosi, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va ma’naviy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Talabalar majmuadagi muzey eksponatlari, ziyoratgoh infratuzilmasi va tarixiy manbalar orqali yurtimizning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini yana bir bor his etishdi. 

Safar davomida talabalar mamlakatimiz tarixiy merosi, milliy va diniy qadriyatlar, turli konfessiya vakillari o‘rtasidagi do‘stlik an’analari haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish