Akademiyada “Rektor kubogi” sport bellashuvlari o‘tkazildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining barcha sohalar kabi sportga ham katta e’tibor berayotganliklari tufayli sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilish bilan birga tarixiy natijalarni ham qo‘lga kiritmoqda.
Umuman, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ta’lim-tarbiya, o‘quv jarayonlari bilan bir qatorda sport sohasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 10 ga yaqin sport to‘garagi faoliyat yuritmoqda.
Yangi o‘quv yili boshlangach, fakultetlar kesimida “Dekan kubogi” bahslari o‘tkazildi. Unda yuzdan ziyod talabalar sportning mini futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi turlari bo‘yicha bellashib, g‘olib va sovrindorlarni aniqlab olishdi.
Bugun esa O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostidagi talabalar oyligi doirasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqada Islomshunoslik, Mumtoz sharq filologiyasi, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari hamda magistrlar ishtirok etishdi.
“Rektor kubogi” doirasida qatnashchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi turlari bo‘yicha bellashishdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Muxtasar aytganda, “Rektor kubogi” musobaqasi yuqori kayfiyatda tashkil etilib, talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar yanada shakllanishiga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish