Akademiyada arab tili kuniga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi
Har yili 18-dekabr sanasida butun dunyoda “Xalqaro arab tili kuni” nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1973-yil dekabr oyida arab tili tashkilot rasmiy tillari qatoriga qoʻshilgan. Shu bilan birga, UNESCO tashkilotining 2012-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan 190-sonli sessiyasida Saudiya Arabistoni taklifiga binoan 18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni sifatida eʼlon qilindi. Shu yilning 18-dekabrida mazkur tashkilot birinchi marotaba ushbu sanani bayram sifatida nishonlagan.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham har yili mazkur sana munosabati bilan an’anaviy tarzda anjuman hamda turli tadbirlar tashkil etiladi.
Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Onlayn va oflayn tarzda o‘tgan ilm mashvaratida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sh.Shamusarov, Oriental universiteti prorektori Malika Nosirova, O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Ibrohim Usmonov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti S.Kasimova, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar yurtimizda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi. Jumladan, barcha sohalar qatori arab tiliga e'tibor ham ortib borayotganini alohida qayd etishdi. Shuningdek, til, xususan, arab tilining dunyo ahamiyatidagi tutgan o‘rniga e’tibor qaratishdi.
Konferensiyada “O‘zbekistonda arabshunoslikning ilmiy yo‘nalishlarini o‘rganish”, “Muqaddamatu-l-adab” asaridagi arabiy-turkiy so‘zlikning o‘ziga xos ifodalanishi”, “Balog‘at ilmining sharq tillarini o‘qitishdagi ahamiyati”, “Manbalarda arab tili fazilati”, “Zamonaviy arab OAVda mediamatnlar xususiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Qizg‘in muhokamalar, bahslarga boy o‘tgan anjuman yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda konferensiya ishchi guruhiga yuborilgan tezislarning elektron to‘plami tayyorlanishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish