Akademiyada Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Majlisni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev olib bordi.
Yig‘ilishda Akademiyada yakunlanayotgan yil davomida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ijrosi holati haqida so‘z yuritdi.
Majlisda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abdufattoh Xakimov Yoshlar ittifoqi faoliyati tahlili haqida ma’lumot berdi.
Akademiya Axborot-resurs markazi faoliyati to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i Mohinur Xasanovaning hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoit, mavjud muammolar va ularni yechimi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlili haqida axborot berildi.
Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Abduvahob To‘xtanazarov Akademiya talabalari ijtimoiy faolligi, mavjud muammo va yechimini kutayotgan masalalarni hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida psixologik anonim so‘rovnoma o‘tkazish natijalari hamda Kengashning 2026-yilgi Yillik ish rejasini hamda Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish va tasdiqlash to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Talabalarning davomati, o‘quv jarayonlaridagi ishtiroki hamda tyutorlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati xususida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyevning ma’lumoti tinglandi.
Majlis davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurini shakllantirishda manzilli ishlash mas’uliyatini kuchaytirish, Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy ishlar yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.
Sohadagi yutuqlar e’tirof etilgan holda, ma’naviy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish