1

Professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida tashkil qilinmoqda.

Bugungi darslar doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari – Bektosh Berdiyev, Roziya Matibayeva, Musulmon Xurramov, Muxtor Nazirov, Jahongir Akramov hamda Javohirxon Sobirov tomonidan “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati: 2025-yil sarhisobi” hamda “Sun’iy intellekt yordamida til o‘qitish metodikasi” mavzusida ma’ruza darslari o‘tkazildi.

Ma’ruzachilar tomonidan 2025-yil O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatida muhim davr bo‘lgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida yanada rivojlantirgani qayd etildi.

Ko‘p vektorlik siyosat, rivojlangan davlatlar bilan milliy manfaatlarga mos hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani e’tirof qilindi. 

Shuningdek, seminar davomida sun’iy intellekt yordamida til o‘qitish metodikasi haqida so‘z bordi. Unda hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalarini hayotning turli sohalariga joriy etishning yutuq va kamchiliklari, ishlatiladigan uslublar, texnologiyalar va metodlar to‘g‘risida fikr yuritildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish