Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati o‘tkazildi
Xabaringiz bor, 2025-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi yo‘llandi.
Mazkur Murojaatnoma mazmun-mohiyati, qamrov doirasi va strategik ahamiyati bilan har qachongidan ham zalvorli boʻldi. Unda davlatimiz rahbari soʻnggi toʻqqiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlarni izchil tahlil qilib, mamlakat taraqqiyotida erishilgan yutuqlarni aniq raqam va dalillar asosida koʻrsatib berdi.
Jamiyat hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini taʼminlashga doir muhim vazifalar, aniq rejalarni taqdim etadigan Murojaatnoma yil davomida dasturulamal boʻlishi shubhasiz.
Shu bois, joylarda Murojaatnomaning mazmon-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov tomonidan onlayn davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbati talabalarining 2025-2026-oʻquv yilining qishki taʼtil davrini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etildi.
Ma’ruza davomida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakatimizning so‘nggi yillarda bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil qilish, erishilgan natijalarni baholash va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab berishi bilan alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Darhaqiqat, Murojaatnoma nafaqat mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qilish, erishilgan yutuqlarni baholash, balki kelajak uchun aniq yo‘nalishlar va vazifalarni belgilashga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida bunga alohida toʻxtalgani, mahalla tizimining jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati eʼtirof etildi.
2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilish taklifi mahallalar faoliyatini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini oshirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Ma’ruza yakunida Murojaatnoma bo‘yicha “yo‘l xarita” belgilanib, uning mazmon-mohiyatini talabalarga yetkazish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish