Professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.
Bugungi darslar “Hozirgi arab tilida jinoyat huquqi terminlar tizimi: shakllanishi va takomili” hamda “O‘zbekistonda diniy mutaassiblik va radikalizmga qarshi kurashishda deradikalizatsiyaning ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzalari bilan davom etdi.
Seminarlarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil izlanuvchisi L.Abdulkasimova va “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti A’zamxon Qambarov ma’ruza qilishdi.
Shuningdek, kuzgi semester yakuniy nazoratlariga tayyorgarlik, me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mustaqil ta’lim darslari ham bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotlari 10-yanvarga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish