Dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev hamda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev ochib berishdi.
O‘quvlarda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda soha ekspertlari tomonidan dolzarb mavzularga taalluqli ma’ruzalar olib borildi.
Xususan, “Yoshlar o‘rtasida radikallashuvni oldini olishning dolzarb muammolari”, “Talabalar o‘rtasida huquqiy profilaktika ishlarini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari”, “Talabalarni noqonuniy tarzda diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatishdan ogoh etish” hamda “Talabalar o‘rtasida ijtimoiy-diniy muhit barqarorligini ta’minlashga doir profilaktika va tarbiyaviy ishlar samarasini oshirish masalalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish