Behbudiy merosi: raqamli tafakkur va ma’rifat platformasi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, atoqli ma’rifatparvar, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kitobxonlik tadbiri hamda uning asarlari asosida yaratilgan zamonaviy raqamli bot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Behbudiy merosi: raqamli tafakkur va ma’rifat platformasi” nomli tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni yanada boyitishga xizmat qildi.
Tadbirni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov hamda “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ular o‘z nutqlarida ma’rifatparvar ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, ayniqsa, yoshlar ongida milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga hurmatni shakllantirish zarurligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Q.Sobirjonov tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mazmunli nutq so‘zlandi. Unda allomaning jadidchilik harakatidagi o‘rni, millat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari hamda ma’rifiy qarashlari keng yoritib berildi.
Shuningdek, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi M.Esonova tomonidan yaratilgan raqamli bot taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda botning funksional imkoniyatlari, uning orqali Behbudiy merosini o‘rganishning zamonaviy va interaktiv usullari haqida batafsil tushuntirish berildi.
Mazkur tashabbus milliy ma’naviy merosni asrab-avaylash, uni yosh avlodga yetkazish va raqamli platformalar orqali keng ommalashtirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Barcha qiziquvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etiladi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish