1

Ertalabki badantarbiya – salomatlik garovi

Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan haftaning bir kuni sport kuni sifatida belgilanib, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi qayd etilgandi. 

Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida haftaning har shanba kuni ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etayotir.

Bugungi mashg‘ulotlar ham ta’lim muassasasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida tashkil etilib, unda Akademiya vakillari, eng avvalo, kun tartibiga rioya etish, faol harakat asosida organizmini chiniqtirish, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish kerakligini yanada anglab yetmoqdalar.

Izoh qoldirish