Akademiyada qabul jarayonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2026/2027-oʻquv yili qabul jarayonlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida dastlab Qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari, Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev 2026/2027-oʻquv yili qabuli boʻyicha amalga oshiriladigan tashkiliy ishlar, qabul komissiyasi faoliyati, hujjatlar qabulini tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik holati hamda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Yig‘ilish davomida rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev tomonidan 2026/2027-oʻquv yili qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha tegishli topshiriqlar va Akademiya hududida ichki tartib-intizomni taʼminlash yuzasidan axborot berildi.
Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov esa kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlash, videokuzatuv tizimlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini taʼminlash toʻgʻrisida ma’lumot berdi.
Shuningdek, majlisda qabul jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda qabul komissiyasi aʼzolarining masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Shuhrat Eshmatovning fikrlari eshitildi.
Mas’ul kotibi Ashirali Abdirashidov esa abituriyentlar va ularning ota-onalariga maslahat xizmatlarini koʻrsatish, CHall-markaz faoliyatini tashkil etish hamda qabul jarayonlari boʻyicha axborot-targʻibot ishlarini kuchaytirish toʻgʻrisidagi jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish