Yoshlarga e’tibor – kelajakka mustahkam poydevor
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda yosh avlodning bilim olishi, o‘z iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani barchamizga faxr bag‘ishlaydi. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va ma’naviyat yo‘nalishlarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tahsil olayotgan minglab talaba-yoshlar ham mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanib, nafaqat o‘qishda, balki ilmiy, ijodiy va jamoatchilik faoliyatida ham yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
Bugungi kunda Akademiya yoshlar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Akademiya tarkibida faoliyat yuritayotgan o‘quv va ilmiy markazlar, boy kutubxona fondi, elektron ta’lim resurslari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar yoshlarning puxta bilim olishi uchun xizmat qilmoqda. Akademiya fondida 74 mingdan ortiq adabiyotlar mavjud bo‘lib, talabalarning ilmiy izlanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, malakali professor-o‘qituvchilar va ilmiy rahbarlar tomonidan yoshlarning tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning muhim jihatlaridan biri talabalarni har tomonlama rag‘batlantirish tizimidir. Xususan, iqtidorli yoshlarning davlat stipendiyalari va turli grant dasturlarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Natijada Akademiya talabalari har yili nufuzli stipendiyalar sovrindorlari safidan munosib o‘rin egallab kelmoqda.
Yakuniga yetayotgan o‘quv yilida ham Akademiyamizning bir guruh iqtidorli talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi. Bu kabi yutuqlar Akademiyamiz yoshlari orasida ilm-fan va ta’limga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganining yaqqol namunasidir. Bundan tashqari, davlat tomonidan talabalarga beriladigan stipendiyalar miqdorining oshirilishi ham yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirmoqda. Nomdor davlat stipendiyalari, Prezident stipendiyasi, grant va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari iqtidorli talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilmoqda.
Akademiyada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli fan to‘garaklari, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik tanlovlari hamda volontyorlik loyihalari yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar talabalarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Akademiyaning faol yoshlari har yili respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib.
So‘nggi yillarda Akademiya talaba-yoshlari respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, ilmiy konferensiyalar, intellektual musobaqalar hamda grant dasturlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Akademiyaning rasmiy axborot manbalarida yoritib borilayotgan yutuqlar orasida Prezident va nomdor davlat stipendiyalari sohiblari, xalqaro ta’lim va ilmiy almashinuv dasturlariga saralangan talabalar, turli fan olimpiadalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tanlovlar g‘oliblari alohida o‘rin tutadi.
Xususan, Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi muntazam ravishda “Ma’rifat maydoni”, “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarida muntazam ravishda ishtirok etib, musobaqaning final bosqichlarida doimiy ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlardan safidan joy olmoqda. Shuningdek, yoshlar sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovlari, debat va intellektual o‘yinlarda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, muassasa nufuzini munosib himoya qilmoqda. Xorijiy stipendiya va grant dasturlarida ishtirok etayotgan talabalar sonining ortib borayotgani esa Akademiyada yaratilgan ilmiy muhit va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini yaqqol namoyon etadi. Bunday yutuqlar talabalarning nafaqat bilim darajasi, balki tashabbuskorligi, yetakchilik qobiliyati va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib shakllanayotganidan dalolat beradi.
Yoshlar kuni munosabati bilan shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, bugungi kunda Akademiyda har bir talabaning o‘z ustida ishlashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarimiz ertangi kun taraqqiyotining asosiy kuchi, mamlakatimiz ravnaqining ishonchli tayanchi hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun xizmat qilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham talaba-yoshlarning har tomonlama kamol topishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Shubhasiz, yoshlar o‘zlarining bilimlari, intilishlari va yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, mamlakatimiz kelajagining yetuk va malakali mutaxassislari bo‘lib voyaga yetadilar.
Abdufattoh Xakimov,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi yoshlar yetakchisi
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish