1

“Jaholatga qarshi ma’rifat” — yoshlar mafkuraviy immunitetini mustahkamlash yo‘lida

Toshkentdagi Britaniya Menejment Universitetida Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda universitetning 1-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, sog‘lom mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli destruktiv g‘oyalarga nisbatan tanqidiy yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nurilla Turambetov ma’ruza qildi.

Ma’ruzada yoshlarni radikal va ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrash, axborotni tanqidiy tahlil qilish, yot va zararli mafkuralarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishda ta’lim va ma’rifatning muhim ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yosh avlodni turli tahdidlardan asrashda bilim, ma’rifat va sog‘lom dunyoqarashning muhim himoya vositasi ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar.
 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Mar
03
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma’rifat
09:59
Jan
22
Jan
17
Jaholatga qarshi marifat
Hidoyat libosidagi jaholat
10:08

Izoh qoldirish