1

Doha şahrida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining taqdimoti ötkazildi

Qatar poytaxti Doha şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan barpo etilgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining missiyasi, ilmiy-maʼrifiy salohiyati va xalqaro hamkorlik yönalişlarini keng jamoatçilikka tanitiş maqsadida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining taqdimoti ötkazilmoqda. Taqdimot doirasida xalqaro ilmiy seminar bölib ötişi rejalaştirilgan.

Mazkur tadbirda Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi prorektori Ilhom Bekmirzayev ham iştirok etdi.

Qatar Taşqi işlar vazirligi Diplomatiya institutida taşkil etilgan taqdimot va xalqaro ilmiy seminarda Özbekiston va Qatarning ilm-fan, madaniyat va taʼlim sohalari vakillari iştirok etib, Movarounnahr allomalarining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qöşgan hissasi, islom ilmlari rivoji va ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişi kutilmoqda.

Taqdimotning asosiy maqsadi buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini çuqur örganiş, uni zamonaviy yondaşuvlar asosida xalqaro miqyosda tarğib etiş, şuningdek, Özbekistonning jahon islom sivilizatsiyasi tarixidagi munosib örnini namoyon etişdan iborat.

Taqdimot Özbekiston Respublikasining Qatar Davlatidagi elçisi Aşraf Xöjayev, Qatar davlat vaziri, Qatar Milliy kutubxonasi raisi doktor Hamad bin Abdulaziz al-Kavoriy hamda Qatar Sivilizatsiyalar alyansi qömitasi vakili doktor Ahmad bin Hasan al-Hammodiyning qutlov sözlari bilan oçildi.

Ilmiy seminarning asosiy maʼruzalarida Özbekiston zaminida şakllangan buyuk ilmiy maktablar va allomalar merosining turli qirralari muhokama qilindi.

Yakuniy sessiyada taqdimot natijalari sarhisob qilinib, ilmiy, madaniy va taʼlim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari, yangi şeriklik aloqalarini yölga qöyiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Doha şahrida ötkazilgan mazkur xalqaro taqdimot Özbekistonning boy ilmiy-maʼnaviy merosini jahon hamjamiyatiga keng tanitiş, islom sivilizatsiyasini xolisona örganiş va tarğib etiş, şuningdek, Özbekiston va Qatar örtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan muhim taşabbuslardan biri böldi.

Izoh qoldirish